Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi zapravkada avtomobil gaz balloni portlab ketdi
Hodisa oqibatida zapravka hududida bo‘lgan ikki fuqaro tan jarohati olgan.
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shahrixon tumanidagi gaz zapravkada sodir bo‘lgan portlash yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 20 fevral kuni soat 18:02 da Shahrixon tumani «Yangi Naynavo» MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida (propan) havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgan, soat 18:13 da voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borgan.
Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, chaqnash Labo rusumli transport vositasida yuz bergan.
Olingan birlamchi ma’lumotga ko‘ra, havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida zapravka hududida bo‘lgan ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan. Malakali tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
16:27 / 26.06.2026
Andijonda suv va oqova suv tizimlarining rekonstruksiyasi boshlandi
08:21 / 25.06.2026
Andijonda 1980-yillarda qurilgan magistral suv tarmog‘i yangilanadi
22:54 / 24.06.2026
Odamlar turmushini yaxshilashga qaratilgan o‘zgarishlar o‘n yillab cho‘zilmasligi kerak - Saida Mirziyoyeva
11:00 / 22.06.2026