Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Krokus» teraktidagi ayblanuvchilar yana bir hujum tayyorlagani aytilmoqda
Gap terakt ijrochilarini qurol bilan ta’minlashda ayblanayotgan uch nafar shaxs haqida ketmoqda.
Foto: Sergey Bulkin/ TASS
Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da sodir etilgan terakt ishi bo‘yicha ayblanuvchilarning uch nafari Dog‘istonning Kaspiysk shahrida yana bir hujumni rejalashtirgan, deb yozdi «TASS» ish materiallariga tayanib.
Qayd qilinishicha, gap terakt ijrochilarini qurol bilan ta’minlashda ayblanayotgan uch nafar shaxs haqida ketmoqda.
«2023 yil noyabridan 2024 yil 16 martigacha bo‘lgan davrda [ayblanuvchilar] kamida ikkita Kalashnikov avtomati, Makarov to‘pponchasi va ular uchun o‘q-dorilarni noqonuniy sotib olgan, olib o‘tgan va saqlagan», deyiladi hujjatlarda. Ular konsert zalidagi voqealardan so‘ng (2024 yil 24-27 mart) qo‘lbola portlovchi modda yasagan va Kaspiysk shahri qirg‘og‘ida terakt uyushtirishni rejalashtirgan.
TASS xabariga ko‘ra, bu uch nafar ayblanuvchi 31 mart kuni Dog‘istonning turli viloyatlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida qo‘lga olingan. Hozir ular Moskvada hibsda saqlanmoqda.
«Krokus»dagi terakt ishida jami 27 nafar ayblanuvchi bor, dedi Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin. Tergov fevral oyi boshida yakunlandi.
2024 yil 22 mart kuni to‘rt nafar qurollangan shaxs konsert zaliga bostirib kirib, tomoshabinlarga qarata o‘q uzdi va binoga o‘t qo‘ydi. 140 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi, 550 nafardan ortig‘i jarohat oldi. «Krokus» binosi butunlay yonib ketdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, teraktni sodir etganlar Tojikistonning to‘rt fuqarosi: Muhammadsobir Fayzov, Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda va Shamsidin Fariduni.
«Krokus»dagi terakt bo‘yicha sud jarayoni mart oyi oxirida boshlanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:05 / 25.11.2025
NATO aviabazasi yaqinida teraktga urinish: Litvada 18 yoshli ukrain fuqarosi qamaldi
10:16 / 03.11.2025
Berlin: Terakt tayyorlaganlikda gumon qilingan suriyalik qo‘lga olindi
11:58 / 10.10.2025
Belgiyada teraktga tayyorgarlikda gumon qilingan uch kishi qo‘lga olindi
19:29 / 22.09.2025