Toshkentdagi noqonuniy qurilish maydonida erkak zinadan yiqilib vafot etdi
Yakkasaroy tumanidagi Askiya city turar joy majmuasida qurilish bo‘layotgan binoga kirgan erkak zinapoyadan yiqilib tushib, voqea joyida halok bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, bu qurilish noqonuniy tarzda olib borilmoqda. Hozirda bu obekt bo‘yicha jinoyat ishi ochilib, qurilish to‘xtatilgan.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahridagi noqonuniy qurilishlardan birida odam o‘limi ro‘y berdi. Voqea Yakkasaroy tumanida, 17 fevral kuni ro‘y bergan.
Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, 1974 yilda tug‘ilgan erkak Askiya ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy qurilish ishlari olib borilayotgan binoga kirayotgan vaqtida, zinapoyadan toyib ketib bino yerto‘lasiga tushib ketgan va voqea joyida vafot etgan.
Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda voqea Askiya city turar joy majmuasida ro‘y bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Qurilish inspeksiyasining ma’lum qilishicha, 2020 yil may oyida Askiya city'da olib borilayotgan qurilish ishlari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga zidligi aniqlangan. Ya’ni ishlar qurilish inspeksiyasini xabardor qilmagan holda va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan tarzda boshlangan.
“2020 yil 27 mayda inspeksiya tomonidan qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan. Ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilgan.
Lekin 2024 yil 26 aprel kuni olib borilgan qayta tekshiruv jarayonida ishlar davom etayotgani aniqlangan va qurilish mas’ullari chaqirtirilgan. Ammo ular qurilish obektiga kelmagan va talab qilingan hujjatlar taqdim etilmagan.
Shu sababli mazkur holat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda tegishli tekshiruv ishlari yakunlangan. Holatga huquqiy baho berish uchun tegishli huquq-tartibot organlariga da’vo arizalari kiritilgan.
Bugungi kunda Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan ushbu obekt bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Shuningdek, obektda barcha turdagi qurilish va montaj ishlari to‘xtatilgan”, – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:27 / 28.03.2025
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

21:02 / 26.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi

15:11 / 26.03.2025