Ispaniyada odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik tarmoq fosh etildi
Jinoyatchilar jabrlanuvchilarni Lotin Amerikasidan, «asosan Kolumbiya va Venesueladan yollagan». Operatsiya davomida 48 nafar ayol ozod etilgan.

Foto: AP
Ispaniya politsiyasi odam savdosi va ayollarni fohishalikka majburlash bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy tarmoq faoliyatiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir yil ichida mingga yaqin ayol ushbu tarmoq orqali o‘tgan. Operatsiya davomida 48 nafar ayol ozod etilgan.
Odam savdosida gumonlanib 48 kishi qo‘lga olingan, ularning uch nafari — ikki kolumbiyalik va bir ispan to‘da yetakchisi ekani taxmin qilinmoqda.
Jinoyatchilar jabrlanuvchilarni Lotin Amerikasidan, «asosan Kolumbiya va Venesueladan yollagan». Ularga Ispaniyada farroshlik yoki go‘zallik salonida ish taklif qilingan, ammo Ispaniyaga olib kelinganida ular fohishalik qilishga majburlangan, doimiy nazorat ostida ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil may oyida Italiya politsiyasi Kalabriya mafiya tashkiloti «Ndrangeta»ga qarshi o‘tkazilgan reyd davomida 109 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgandi. «Ndrangeta» Italiyadagi eng qudratli zamonaviy mafiya guruhlaridan biri hisoblanadi. U qurol, odam va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanadi hamda ko‘p milliard dollarlik aylanmaga ega.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul yaqinida zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 15:48
-
O‘zbekiston prezidenti Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
O‘zbekiston | 14:50
-
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
Trampning tinchlik rejasi bo‘yicha Ukraina va Rossiyaga nima taklif qilingani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

16:03 / 15.04.2025
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi

15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

17:56 / 03.04.2025
Ispaniya «oltin viza» berishni to‘xtatdi

22:01 / 20.03.2025