Osiyo Kubogi U-20. O‘zbekiston Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida yutqazib, jahon chempionatiga chiqolmadi
Xitoyda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogida jahon chempionatiga yo‘llanma beradigan chorakfinal bahslari yakunlandi.

Foto: X / theafcdotcom
So‘nggi chorakfinalda amaldagi chempion O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan to‘qnash kelib, asosiy vaqtda superkambek amalga oshirdi. 1:3 hisobida ortda borayotgan «oq bo‘rilar» 90 va 90+4-daqiqalardagi gollar evaziga hisobni tenglashtirib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tishdi. Qo‘shimcha 30 daqiqalikda darvozalar daxlsiz qoldi, penaltilar seriyasida esa koreyslar darvozaboni seyvlari bilan jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa Farhod Nishonov shogirdlari nafaqat turnirni tark etishdi, balki Chilida o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kirita olishmadi.
Yarimfinalga chiqqan Saudiya Arabistoni, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya Osiyo nomidan kuzda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
Osiyo Kubogi U-20. 1/4 final
Janubiy Koreya — O‘zbekiston 3:3
Penaltilar seriyasi — 3:1.
23 fevral. Shenchjyen
Gollar: Shin Min Ha (26, 56), Kim Tae Von (61) — Asilbek Jumayev (18), Muhammadali O‘rinboyev (90), Abdug‘ofur Haydarov (90+4).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Muhammadali O‘rinboyev (2).
Janubiy Koreya U-20 — Seong Min Hon, Li Geon Hi, Hyun Cho Vu, Shin Min Ha, Kim Seo Jin, Seung Min Son, Li Chang Vu (Shin Sung, 63), Do Yon Yun, Kim Tae Von, Baek Min Yu (Park Seung So, 71), Kim Ge Ol (Haye Jong Vu, 71).
O‘zbekiston — Muhammadyusuf Sobirov, Azizbek To‘lqinbekov (Muhammadali Reimov, 61), Behruz Jumatov, Dilshod Abdullayev, Saidxon Hamidov (Narimon Ahmadjonov, 82), Ravshan Hayrullayev (Ollobergan Karimov, 70), Saidumar Saidnurullayev (G‘iyosjon Rizoqulov, 82), Muhammadali O‘rinboyev, Daler Tuxsanov (Murodjon Komilov, 61), Asilbek Jumayev (Muhammadali Zohidov, 117), Abdug‘ofur Haydarov.
Ogohlantirishlar: Daler Tuxsanov (55), Abdug‘ofur Haydarov (57), Do Yon Yun (65), Kim Ge Ol (67), Haye Jong Vu (96).
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi
O‘zbekiston | 21:52
-
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ
Jahon | 21:34
-
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi
Jahon | 21:33
-
Propiskaning qaytishi, kutilganidan tezroq inflatsiya - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:27
Mavzuga oid

18:22 / 16.02.2025
Osiyo Kubogi U-20. O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, muddatidan avval chorakfinalga yo‘l oldi

16:14 / 13.02.2025