Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britanlar Irlandiya fuqaroligini olish uchun rekord darajada ariza berdi
Yuristlarga ko‘ra, ushbu holat Buyuk Britaniya iqtisodiyotining ahvoli yaxshi emasligi hamda siyosiy beqarorlik bilan bog‘liq.
Buyuk Britaniya fuqarolari 2024 yilda Irlandiya fuqaroligini olish uchun rekord darajada ariza berdi. Bu haqda mamlakat hukumati ma’lumotlariga tayanib Financial Times xabar berdi.
2024 yil yakunlariga ko‘ra, Foreign Births Register’ga 23 ming 456 ta ariza berilgan — bu undan oldingi yilga nisbatan 15 foizga ko‘p. Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2019 yilda Britaniya YeI tarkibidan chiqish arafasida bo‘lgan paytdagi rekorddan ham oshib ketgan.
Immigratsiya sohasidagi yuristlarning ma’lum qilishicha, ushbu holat Buyuk Britaniya iqtisodiyotining ahvoli yaxshi emasligi, siyosiy beqarorlik, YeIdan ajralib chiqish turizmga «qattiq» ta’sir ko‘rsatayotgani, shuningdek, Yevropa Ittifoqidagi mehnat va shartnomalar bo‘yicha cheklovlar bilan bog‘liq.
«Britaniyadagi noaniq siyosiy vaziyat nafaqat sabablardan biriga aylandi, balki yanada ko‘proq odamlarni «B reja»ni qidirishni tezlashtirishga undadi. Bizningcha, bunday arizalar soni faqat oshib boradi, chunki Britaniya iqtisodiyoti yosh avlod uchun tobora jozibadorlikni yo‘qotmoqda, nafaqaga chiqish arafasida turganlar esa soliqlar oshishi ehtimolini tobora ko‘proq payqayapti», — deydi RNL Solicitors yuridik firmasi vakili.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026