Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Navoiy viloyati YHXB Qiziltepa tumanida beshta transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 24 fevral kuni Qiziltepa tumani Toshrabot qo‘rg‘oni «Qal’ai Azizon» MFY hududidan o‘tuvchi davlat ahamiyatiga ega 4R-63 avtomobil yo‘lining 68-69-kilometrlar oralig‘ida N.U. ismli haydovchi Malibu rusumli avtomashinasida ichki ko‘chadan harakatlanib chiqayotib, birinchi darajali yo‘ldan kelayotgan Nexia-3 rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, ushbu mashinalar yo‘lning chekka qismida turgan Damas, Nexia-3 hamda Lacetti rusumli avtomashinalarga kelib urilgan.
O‘rganishlar davomida ushbu YHT oqibatida biror-bir fuqaro tan jarohati olmagani aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Andijonda ikkita Nexia-2, Labo va SWM G01 transport vositalari ishtirokida avariya sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkent shahrida ham Malibu-2, Cobalt, BYD va Onix transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan edi.
Mavzuga oid
20:48 / 06.05.2026
5 kunda 40 ta holat: bolalar buyum emas
15:40 / 06.05.2026
Navoiyda 13 nafar bog‘cha bolasini tashib ketayotgan Matiz YTHga uchradi
20:59 / 05.05.2026
Toshkentda 15 ta avtomobil ishtirokida YTH ro‘y berdi
16:34 / 04.05.2026