Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya migrantlarga poytaxt va unga qo‘shni hududda bitta patent bilan ishlashga ruxsat berishni rejalashtirmoqda
Bu imkoniyatni Moskva va Moskva viloyatidagi, shuningdek, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi migrantlar olishlari mumkin.
Rossiyada patentning hududiy doirasi Moskva va Sankt-Peterburgda ishlayotgan mehnat migrantlari uchun kengaytirilishi mumkin. «Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartirishlar Rossiya Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan.
Qayd qilinishicha, poytaxt va unga qo‘shni hududlarda migrantlar bitta patent bo‘yicha ishlashi mumkinligi reja qilinmoqda. O‘z navbatida, bir hududda faoliyat yuritayotgan ish beruvchi boshqa hududda patent olgan xorijiy fuqarolarni ishga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, Moskvada berilgan patent bilan Moskva viloyatida ishlash mumkin bo‘ladi va aksincha, Moskva viloyatida berilgan patent bilan Moskvada ishlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bu Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatiga ham joriy qilinadi.
Yangi tartib 2025 yil 1 sentabrdan kuchga kirishi kutilmoqda.
Migrantlar uchun patent vizasiz davlatdan kelgan chet el fuqarosiga (xususan, Ozarboyjon, Tojikiston, O‘zbekiston, Moldova, ya’ni YeOII davlatlaridan tashqari) Rossiya hududida ishlashga ruxsat beruvchi hujjatdir. Bugungi kunda patentlar «bitta patent - bitta mintaqa va bitta kasb» tamoyili asosida beriladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ko‘pincha xorijlik ishchilarga bir vaqtning o‘zida ikkita patent berish zaruratiga yo‘liqmoqda. Shu bilan birga, ikkita patent olish tartibi «xorijiy fuqarolar uchun katta vaqt va moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq», deyiladi tushuntirish xatida.
«Federal qonun loyihasining qabul qilinishi korxonalar uchun xarajatlarni kamaytiradi va chet ellik ishchilar bilan ish beruvchilarga ularning mehnatidan foydalangan holda ma’muriy bosimni yengillashtiradi», deb hisoblaydi Moliya vazirligi. Boshqarmaning ishonchi komilki, bu ham mehnat resurslarining harakatchanligini va chet el fuqarolari uchun patentning jozibadorligini oshiradi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026