Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Vologda viloyatida migrantlarga qurilishda ishlash taqiqlandi
Migrantlar uchun taqiqlangan mehnat sohalari soni ko‘paydi.
Rossiyaning Vologda viloyati ma’muriyati xorijliklarning shug‘ullanishi taqiqlangan faoliyat turlari ro‘yxatini kengaytirdi. Viloyat rahbari Georgiy Filimonov qaroriga ko‘ra, endi migrantlar qurilish maydonlarida ishlashi mumkin emas.
Migrantlar uchun taqiqlangan mehnat sohalarining yangi ro‘yxatiga binolarni qurish va buzish, sanoat uskunalarini o‘rnatish, qurilish maydonchalarini tayyorlash, shuningdek, pardozlash va tom yopish ishlari kiradi. Tegishli qaror allaqachon kuchga kirgan.
Metallurgiya sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri «Severstal» bosh qarorgohi Vologda viloyatining Cherepovets shahrida joylashgan. Fevral oyi boshida «Severstal» o‘z qurilish maydonchalariga qo‘shimcha 6 ming nafar xorijlik mutaxassisni jalb etishi haqida xabar berilgan edi, biroq keyinchalik kompaniya bu raqam haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Matbuot xizmati 2024 yilda «Severstal» qurilish obektlarida 4,5 ming migrant ishlagani, 2027 yilgacha esa 2 mingga yaqin xorijlik qurilish obektlarida ishlashini ma’lum qildi. Endi ularning o‘rnini kim egallashi noma’lum. Yangi taqiq mintaqadagi uy-joy qurilishiga ham ta’sir qiladi.
Avvalroq xuddi shunday taqiq Krasnodar o‘lkasida ham kiritilgan edi. Dekabr oyidan buyon migrantlar u yerdagi qurilish maydonchalarida ishlay olmayapti.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026