Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi
Chaqaloqlarga Fotima, Yusuf va Yunus ismi qo‘yildi.
Foto: O‘zA
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida yashovchi Musurmonqul va Sohiba Abduqahorova uch egizakning ota-onasiga aylandi.
Chaqaloqlarga Fotima, Yusuf va Yunus ismi qo‘yildi. Tug‘ruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarildi.
— Egizaklarning kattasi Fotimaning og‘irligi 2710 gramm, o‘rtanchasi Yusuf 3100 gramm, kichigi Yunus esa 2930 gramm vazn bilan tug‘ildi, deydi neonatolog shifokor Amina Abdurasimova. —Hozir egizaklarning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar mutaxassislar nazorati ostida.
Otaning aytishicha, ularning ajdodida qo‘sh farzandlar tug‘ilishi ko‘p kuzatilgan, ammo uch egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda. Bungacha ularning besh yoshli qizi, to‘rt yoshli o‘g‘il farzandi bor edi.
Tuman FHDYo bo‘limi tomonidan chaqaloqlarga guvohnoma, Markaz shifokorlari tomonidan esa sovg‘alar topshirildi.
Mavzuga oid
21:44 / 04.03.2026
Sirdaryoda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 10 trillion so‘m ajratiladi
19:33 / 03.03.2026
Markaziy Osiyoda bu yil sug‘orish suvi zaxiralari kam bo‘lishi mumkin
09:41 / 03.03.2026
Toshkent va Sirdaryoda narkojinoyatlar zanjiri fosh etildi
10:19 / 09.02.2026