Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Poytaxtda har kuni ham uchrayvermaydigan tug‘ilish qayd etildi. Ona farzandini tug‘uruqxonaga olib ketayotgan mashinada dunyoga keltirdi. Taksi haydovchisi Kun.uz’ga hammasi qanday yuz bergani haqida gapirib berdi.

Farhod Fattoyev Buxoro viloyatidan. 14 yillik tajribaga ega haydovchi. 5 nafar farzandning otasi. U hozir taksichilik bilan shug‘ullanadi. Avval Matiz’da taksichilik qilgan, keyin esa odamlar unga chiqmay qo‘yavergani ortidan qarzga Gentra mashinasini olib, ishini davom ettiradi. Toshkentga kelganiga ham ko‘p bo‘lmagan. Yaqinda mijozlardan biri uning mashinasida o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi.
Uning aytishicha, odatdagidek buyurtmalardan birini olib manzilga yo‘l olgan. Manzilga yetmasidan mijoz qo‘ng‘iroq qilib, tezroq kelishni, homilador ayolni tug‘uruqxonaga olib borish kerakligini aytadi. U manzilga tezda yetib boradi.
“Ayolning dardi mashinaga chiqqanidan 5 daqiqa o‘tib boshlandi, yonida qaynonalari ham bor edi. Ularni shifoxonaga yetkazish uchun yo‘l harakati qoidalariga qaramasdan tezlikni oshirdim… Bir payt orqa o‘rindiqdan chaqaloq ovozi eshitildi, mashina oynasidan qarasam ayolning qaynonasi chaqaloqni qo‘llarida ushlab turgan ekan. Hayajonlanib qoldim. Xavotirim ikki karra oshdi, chunki yangi tug‘ilgan chaqaloqni tezroq shifoxonaga olib borishim kerak edi”, — deya voqeani hikoya qilib beradi Farhod Fattoyev.
Orada YPX xodimlari uni to‘xtatishga harakat qilgan, u esa oynasini tushirib, xodimlarga vaziyatni tushuntirgan. Shundan so‘ng YPX xodimlari ularni Toshkent shahar 3-sonli tug‘uruqxonaga yetib olishlariga ko‘maklashgan.
“35 daqiqalik manzilga 20 daqiqada bordik. Ona ham, bola ham sog‘lom edi. Ularni sog‘lom yetkazib bora olganimdan juda xursand edim”, — deydi haydovchi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayol o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan. Unga yaxshi niyat bilan Abdulloh deya ism qo‘yishgan.
“Onaxon nevarasiga Abdulloh deb ism qo‘yishganini aytib, meni ko‘pdan ko‘p duo qildi”, — deya xursandchiligini yashirmaydi Farhod Fattoyev.
Haydovchining aytishicha, bu voqeadan xabar topgan yaqinlari endi uni hazillashib “tez yordam” deb atashga o‘tishgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Mavzuga oid

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

20:16 / 05.05.2025
Toshkent shahri va viloyatida to‘rtta sher noqonuniy boqib kelingani aniqlandi

16:57 / 05.05.2025