Zelenskiy Tramp bilan tortishganidan keyin uzr so‘rashni istamadi
Ukraina yetakchisi o‘z mamlakatiga ko‘rsatgan yordami uchun Qo‘shma Shtatlarga minnatdorchilik bildirdi, ammo Tramp bilan tortishuvi tufayli uzr so‘rashdan bosh tortdi.

Foto: Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tortishganidan so‘ng, Fox News telekanaliga bergan intervyusida o‘z mamlakatiga ko‘rsatgan yordami uchun Qo‘shma Shtatlarga minnatdorchilik bildirdi. Biroq uzr so‘rashi kerakmi, degan savolga salbiy javob berdi.
Ukraina yetakchisi xavfsizlik kafolatlari haqidagi avvalgi tezislarini takrorlab, ularsiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasligini ma’lum qildi.
Avvalroq, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Zelenskiyni «bu ishni rasvo qilgani uchun» uzr so‘rashga chaqirgan edi.
Oval kabinetdagi uchrashuv janjal va gap talashishga aylanib ketganidan so‘ng, Ukraina tomoni boshqa xonaga kirdi, deb xabar berdi CBS News. Shundan so‘ng Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols va Davlat kotibi Marko Rubio ularga Oq uyni tark etishni aytdi. Telekanal manbasi so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy vaziyatni yumshatishga urinib, uchrashuvni qayta tiklashni so‘ragan, biroq Tramp va boshqa AQSh rasmiylari Ukraina prezidentining xatti-harakatidan «ranjigan». Foydali qazilmalar bo‘yicha bitim esa imzolanmadi.
The Economist nashrining yozishicha, Zelenskiy Oq uyga kelganida AQSh-Ukraina munosabatlari allaqachon «mo‘rt va noaniq» edi, biroq u ketganida «parchalandi». Financial Times nashriga ko‘ra, Oq uydagi uchrashuv imkon qadar yomon boshlandi. Zelenskiy AQSh va Rossiya yetakchilari o‘rtasida qoldi, ular Ukraina prezidenti bilan emas, ko‘proq o‘zaro murosaga kelgan ko‘rinadi. «Endi AQSh Ukrainadan voz kechgani ma’lum bo‘ldi», deb yozdi nashr.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yuqori hosil olgan fermerlar uch karra kam yer solig‘i to‘laydi
Iqtisodiyot | 11:19
-
Forbes: Rossiyada dollarli milliarderlar soni rekord darajaga yetdi
Jahon | 11:09
-
Octobank «Barqaror» prognoz bilan Moody’s xalqaro kredit reytingiga sazovor bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:00
-
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 10:58
Mavzuga oid

09:56
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini taqdim etdi

08:30
Tramp Ukrainada sulhdan umid uzdi va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

07:56
Tramp Harvardni milliardlardan mahrum qilmoqchi

23:14 / 01.04.2025