Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan
Sobiq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ortidan uning birinchi o‘rinbosari ham Shavkat Rahmonov ishdan olingan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i polkovnik Shavkat Rahmonov ham lavozimini tark etgan.
Bu haqda rasmiy ma’lumot berilmadi, ammo vazirlik saytida rahbariyat bo‘limida Rahmonov haqida ma’lumotlar yo‘q bo‘lib qolgan.
Ayni vaqtda Bekmurod Abdullayev, Davron Nazarmuhamedov, Ramazon Ashropov, Zufar Qurbonov, Saidkarim Nishonboyev hamda Bahodir Mirzarahimov vazir o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan.
Polkovnik Shavkat Rahmonov muqaddam Xorazm viloyati IIB (2017–2019 yillar), Samarqand viloyati IIB (2019–2022) va Namangan viloyati IIB (2022–2023) rahbari lavozimlarida ishlagan. 2023 yil fevraldan buyon O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston IIVni 2017 yil sentabridan buyon boshqarib kelgan general-leytenant Po‘lat Bobojonov 2025 yil 3 mart kuni lavozimini tark etdi, u prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘lgan.
Uning o‘rniga 2020 yil martidan buyon Toshkent shahri IIBB boshlig‘i bo‘lib kelgan general-mayor Aziz Toshpo‘latov tayinlandi.
O‘z navbatida, Toshpo‘latov o‘rniga polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Toshkent shahri IIBBning yangi boshlig‘iga aylandi, u 2023 yil avgustidan buyon Xorazm viloyati IIB boshlig‘i edi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan gaplashmoqchi. U «„qon hammomi“»ni to‘xtatish»ni muhokama qilishi haqida yozdi
Jahon | 16:30
-
Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari 24 may kuni o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 15:31
-
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
Jahon | 15:18
-
OAV: Hamasning navbatdagi qo‘mondoni Muhammad Sinvar ham o‘ldirildi
Jahon | 15:06
Mavzuga oid

11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi

16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi

12:30 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi

14:19 / 28.11.2024