Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi
Ular ehtiyotsizlik tufayli qotillik, shuningdek, ehtiyotsizlik tufayli uning o‘limiga sabab bo‘lish moddalari bilan ayblanmoqda.

Foto: Getty images
Argentina futboli afsonasi Diyego Maradonaning so‘nggi kunlarida unga qaragan 8 nafar tibbiyot xodimidan 7 nafari ehtiyotsizlik tufayli qotillik va ehtiyotsizlik tufayli uning o‘limiga sabab bo‘lish moddalari bilan ayblanib, sudlanadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Maradona 2020 yil 25 noyabrida 60 yoshida vafot etdi. Bundan biroz oldin u miyasidagi qon ivishini olib tashlash uchun operatsiya qilingan edi. Shuningdek, u spirtli ichimliklar va giyohvandlikdan davolangani ma’lum.
Argentina prokuraturasi futbolchining o‘limidan ko‘p o‘tmay shifokorlar va hamshiralar ustidan tergov boshladi. 2021 yilda Maradona o‘limi holatlarini o‘rgangan 20 nafar ekspertdan iborat komissiya tibbiy guruhning harakatlarini «nomaqbul, noadekvat va mas’uliyatsiz» deb topdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, agar afsonaviy futbolchi tegishli tibbiy muassasasida to‘g‘ri davolanganida «omon qolish imkoniyati yuqoriroq bo‘lardi».
Ayblanuvchilar orasida Maradonaning shaxsiy shifokori Leopoldo Luke, psixiatr va hamshiralar bor. Ularning barchasi futbolchining o‘limida o‘z aybini inkor etmoqda.
Ayblanuvchilar o‘z qilmishi o‘limga olib kelishini bilgan holda qotillikda aybdor deb topilsa, 8 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Diyego Maradona futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri sanaladi. FIFA rasmiy saytida o‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, u XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Maradonaning o‘limi Argentinani Covid-19 pandemiyasi davrida motamga olib keldi. Uning tobuti prezident saroyiga qo‘yildi, u bilan vidolashish uchun o‘n minglab odamlar navbatga turdi.
Maradona Buenos-Ayresdagi uyida, to‘shakda o‘lik holda topildi. Bu operatsiyadan ikki hafta o‘tgach sodir bo‘ldi. Sobiq futbolchining yurak xurujidan vafot etgani aniqlandi.
Prokurorlar fikriga ko‘ra, bir guruh shifokorlar Maradonani uy sharoitida davolanishga o‘tishini talab qilgan. Vaholanki, uyda davolanish uchun zarur sharoit bo‘lmagan, masalan, defibrilyator yo‘q edi, alkogolizm va giyohvandlikni davolashga ixtisoslashgan shifokorlar nazorati ham bo‘lmagan. Ayblov tomonining ta’kidlashicha, Maradona to o‘limigacha «uzoq, og‘riqli davr davomida» taqdir taqozosiga tashlab qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
Kuzning ilk salqin haftasi – ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Jamiyat | 22:17 / 15.09.2025
Isroilning Qatarga hujumi: bu Turkiyaga signalmi?
Jahon | 20:55 / 15.09.2025
“Olma sirkasi” - o‘zini kasalga chiqarib, mashhurlikka erishgan bloger hikoyasi
Sog‘lom hayot | 18:45 / 14.09.2025
“Opasida 8, ukasida esa 8,5 ball” – IELTS’dan yuqori ball olgan kitobxonlar oilasi
Jamiyat | 14:01 / 14.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda kassetali bombalardan jabrlanganlar soni ortdi
Jahon | 07:33
-
Saudiya o‘zbekistonlik talabalar uchun grantlar ajratishi mumkin
Ta’lim | 07:31
-
Germaniya tovon puli o‘rniga Polshaga xavfsizlik kafolatlarini taklif qildi
Jahon | 07:03
-
AQSh Tramp prezidentligi davrida Ukrainaga birinchi harbiy yordam paketini ma’qulladi
Jahon | 23:33 / 16.09.2025
Mavzuga oid

08:50 / 30.08.2025
Xaver Miley saylovoldi mitingida toshbo‘ron qilindi

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025