Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Bu elektromobillarni an’anaviy avtomobillarga benzin quyish jarayoni kabi tezlikda quvvatlash imkonini beradi.
Xitoyning BYD kompaniyasi 1 000 voltli arxitekturaga ega yangilangan elektromobil platformasini ishga tushirdi, deb xabar beradi Reuters.
Qayd etilishicha, bu elektromobillarni an’anaviy avtomobillarga benzin quyish jarayoni kabi tezlikda quvvatlash imkonini beradi.
BYD asoschisi Van Chuanfuning so‘zlariga ko‘ra, yangi platformadagi avtomobillar 1 000 kilovattgacha quvvatda quvvatlanadi va atigi besh daqiqalik quvvatlashdan so‘ng 400 kilometr masofani bosib o‘ta oladi.
Uning aytishicha, 1 000 voltli arxitektura asosida ishlab chiqariladigan ilk elektromobillar Han L sedan va Qin L yo‘ltanlamasi bo‘ladi.
Avtomobilsozlik kompaniyasi, shuningdek, Xitoyda 4 mingdan ortiq ultratez quvvatlash stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda, biroq loyihani amalga oshirish muddati va investitsiya hajmini hozircha ochiqlamagan.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
18:13 / 10.06.2026
Smartfonni quvvatlashdagi asosiy xatolik aytildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
08:59 / 22.05.2026