O‘zbekiston | 14:50
658
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil O‘zbekiston mutaxassislari uchun treninglar tashkil etadi

TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Isroil tomoni bilan O‘zbekiston mutaxassislari uchun treninglar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Foto: "Dunyo" AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tijorat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, ta’lim va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Elchi Isroilning ushbu sohalarda O‘zbekiston mutaxassislariga MAShAV orqali trening va kurslar taqdim etishga tayyorligini ma’lum qildi. Ushbu hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga va mutaxassislarning kasbiy malakalarini oshirishga yordam beradi.

Mavzuga oid