Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
Milliy bog‘ning salkam 21 gektarlik qismini 49 yilga ijaraga olgan Stargate Systems ta’sischilari yana o‘zgarishi kutilmoqda. Poytaxtning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bog‘ hududida Magic City'ni tashkil etib, so‘ng uni kuyoviga bergandi. Endilikda kompaniyadagi asosiy ulushlar u bilan bitta manzilda joylashgan “Xonadon taomlar” MChJga o‘tmoqda.
Foto: Yandeks-xaritalar
Raqobat qo‘mitasi “Stargate Systems” MChJning 86,2 foiz ulushini olish bo‘yicha “Xonadon taomlar” MChJ bergan arizani qanoatlantirdi.
“Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi”, – deyiladi idora matbuot xizmati xabarida.
Stargate Systems – Toshkent markazidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining 20,8 gektarlik qismini 49 yilga ijaraga olib, Magic City ko‘ngilochar majmuasini tashkil etgan.
Kompaniya 2005 yilda ro‘yxatga olingan bo‘lib, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Milliy bog‘ning katta qismini ijaraga olgan. O‘sha vaqtda Stargate Systems AKFA kompaniyalar guruhi tarkibida edi. Bu guruh esa, poytaxtning o‘sha vaqtdagi hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli. “Magic City” savdo belgisini ham 2020 yilda Ortiqxo‘jayevning J-United Group kompaniyasi ro‘yxatdan o‘tkazgan, keyinroq bu savdo belgisi bo‘yicha huquqlar Stargate Systems'ga o‘tkazilgan.
Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘z chiqishlaridan birida 7 ta kompaniyasini, xususan Magic City'ni ham sotganini aytgandi. Raqobat qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda Stargate Systems'ning 99 foiz ulushi “Tashkent Aquarium” MChJga o‘tishiga ruxsat berilgan.
Tashkent Aquarium'ning 100 foiziga egalik qiluvchi tadbirkor Alisher Abduvohidov (Jahongir Ortiqxo‘jayevning kuyovi, prezidentning sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning o‘g‘li) Stargate Systems'ning amalda yagona mulkdoriga aylangan. U hozirda Artel Technical School (100 foiz), Qo‘shni (100 foiz), Carstone Amusement va Capital Dynamics'da ham ulushlarga ega. To‘liq unga tegishli bo‘lgan Atlas Union va Comfortrent kompaniyalari faoliyat yuritmayapti.

Milliy bog‘ni boshqarayotgan kompaniyaning bugungi kunda ikkita ta’sischisi mavjud: bevosita Alisher Abduvohidovning o‘zi hamda to‘liq unga tegishli Tashkent Aquarium. O‘tgan yili ulushlarning taqsimlanishi mos ravishda 1 foiz va 99 foiz bo‘lgan, hozirga kelib tadbirkor jismoniy shaxs sifatidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri ulushini 13,8 foizgacha oshirgan, Tashkent Aquarium ixtiyorida 86,2 foiz ulush qolgan.
Shunga ko‘ra, Stargate Systems ulushlarining 86,2 foizi “Xonadon taomlar” MChJga o‘tishi bilan, Tashkent Aquarium ta’sischilar ro‘yxatidan chiqib ketishini taxmin qilish mumkin.

Xonadon taomlar 2023 yil 27 dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, Stargate Systems bilan bitta manzilda joylashgan (Chilonzor tumani Olmazor mavzesi 183A-uy, hozirda tugatilgan “O‘zbekiston milliy bog‘i” unitar korxonasi ham shu manzilda bo‘lgan). Kompaniyaning yuridik manzili, reyestrda qayd etilgan telefon raqami va elektron pochta manzili Tashkent Aquarium'niki bilan bir xil.
Faoliyat turi sifatida restoranlar va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish xizmatlari ko‘rsatilgan. Ustav fondi – 50 mln so‘m. Rahbar sifatida Abdumajidov Bekzod Muzaffarovich ko‘rsatilgan.
MChJning yagona ta’sischisi – Muhammadiyev Firdavs Fayzulloyevich. U 2023 yil 27 dekabrda ro‘yxatga olingan boshqa bir kompaniya – chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi, yuqoridagi manzilda joylashgan Magic Stop'ning ham 100 foizlik ta’sischisi sanaladi.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Volgograd NQZ ishi to‘xtadi: dronlar CDU va gidrokreking qurilmasini shikastladi
Jahon | 09:13
-
Kelgusi 10 yilda 100 mlrd dollardan ortiq: Tramp O‘zbekiston bilan rejalarga to‘xtaldi
O‘zbekiston | 08:53
-
So‘rovnoma: nemislarni eng ko‘p migratsiya va iqtisod tashvishlantiryapti
Jahon | 08:52
-
Krasnoyarskda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik ona-bolaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 08:51
Mavzuga oid
08:47
Toshkent Osiyoning sayohat qilish uchun eng yaxshi manzillari ro‘yxatiga kiritildi
18:57 / 06.11.2025
Toshkentda issiq suvdagi zang holatlari tekshiriladi
08:42 / 06.11.2025
Poytaxtda ijtimoiy obektlar 100 foiz isitish tizimiga ulandi
13:14 / 05.11.2025