Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
Senatorlar ma’qullagan qonun bilan agrar sohadagi sug‘urta mukofotining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda. Sug‘urtalangan tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan ko‘radigan zararlarni qoplash uchun Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda uning qolgan qismi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Foto: Senat.uz
Senat yalpi majlisida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchilarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng tavakkalchi sohalaridan biri bo‘lib, iqlim o‘zgarishi, tabiiy ofatlar, zararkunandalar, bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar va boshqa xavf-xatarlar mahsulot yetishtiruvchilar uchun katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Tahlillar agrar tizimning ishlab chiqarish uzluksizligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda xatarlarni boshqarishning eng samarali usuli sug‘urta ekanini ko‘rsatmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar hosiliga zarar yetkazuvchi (tabiiy ofatlar oqibati) hamda nobud qiluvchi (kuchli yomg‘ir, do‘l, suv toshqini, dovul yoki zararkunandalar) omillar sabab jiddiy iqtisodiy zarar ko‘ryapti.
Sohada asosan kreditni qaytarmaslik xavfini sug‘urtalash amaliyoti keng foydalanilayotgan bo‘lsa-da, bunday sug‘urta faqat imtiyozli kreditlarning qaytarilishiga xizmat qilib, yetishtiriladigan hosil sug‘urtasiz qolib ketmoqda. Muhokama qilingan qonunda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash bilan bog‘liq barcha masalalar va to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi normalar qamrab olingan.
Jumladan, ishlab chiqaruvchilarni turli tavakkalchiliklardan himoya qilish va barqaror daromad olishni kafolatlash uchun Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, sohaning sug‘urtadagi yo‘qotishlarni baholash, sug‘urta hodisalari bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash mustaqil ekspertlar tomonidan amalga oshirilishi belgilanyapti.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi yaratilmoqda. Xususan, sug‘urta mukofotining 50 foizi davlat tomonidan qoplab berilishi, sug‘urtalangan tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan ko‘radigan zararlarni qoplash uchun Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armasining mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda uning qolgan qismi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

16:15 / 19.02.2025
Ayrim tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi

16:18 / 12.02.2025