Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi
Shayxontohur, Olmazor, Chilonzor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Veolia Energy Tashkent xabariga ko‘ra, 2025 yil 24 mart kuni issiqlik tarmoqlarining maksimal haroratga chidamliligi sinovdan o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan shu kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
Shayxontohur tumani
- ko‘chalar va shohko‘chalar: Navoiy, Beruniy, Islom Karimov, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Chorsu, Gulobod.
- maydonlar va mavzelar: Chorsu, Qoratosh.
- mavzelar va dahalar: Markaz-10, 11, 13, 14.
Olmazor tumani
- ko‘chalar va shohko‘chalar: Olmazor, Kichik halqa yo‘li, Mannon Uyg‘ur, Qoraqamish, Huvaydo.
- mavze: Olmazor.
- mavzelar va dahalar: Qoraqamish 2/1, 2/2, Markaz-26, 27, 28.
Chilonzor tumani
- ko‘chalar va shohko‘chalar: Bunyodkor, Paxtakor, Furqat, Beshyog‘och, Talabalar, Nurafshon, Ziyo, Shifonur.
- mavze: Beshyog‘och.
- mavzelar va dahalar: B-1, B-2, B-3.
Yunusobod tumani
- ko‘chalar: Ahmad Donish, Shahriston, Yangi Yunusobod, Yunusota, Juma masjid.
- mavzelar va dahalar: №2–19, Yangi shahar, Dehqonobod, Sohibkor, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Quloqtepa.
Sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvur tizimlariga yukning qisqa muddatli oshishi mumkin, bu esa issiq suv yo‘llar va trotuarlarga chiqib ketishi mumkin.
Haydovchilar, piyodalar, ma’muriy binolardan foydalanuvchilar va turar joy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish so‘ralgan.
Barcha nosozliklar haqida quyidagi telefon raqamiga xabar berish mumkin: (78) 129-01-85.
Mavzuga oid
10:20
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026