Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ustimdan bir nechta suvarakni urib tushirdim” - poyezdlardan yana bir shikoyat
“O‘zbekiston temiryo‘llari”ning Toshkent–Urganch reysi yo‘lovchisi vagondagi sanitar holatdan shikoyat qilib, Kun.uz'ga murojaat qildi. U ko‘rpachalarning kirligi, suvaraklar yurgani va havo almashtirish tizimi yaxshi ishlamasligini aytadi. Avvalroq Toshkent–Volgograd yo‘nalishida ham o‘xshash vaziyat kuzatilgandi.
Kun.uz'ga “O‘zbekiston temiryo‘llari” poyezdida yo‘lovchi bo‘lgan vatandoshdan murojaat kelib tushdi. Murojaatchiga ko‘ra, u 7 mart kuni soat 22:48 da Toshkent–Urganch yo‘nalishida yurgan poyezdning 9-vagonida (platskart) bo‘lgan.
“Vagonlarning ahvoli juda rasvo, ko‘rpachalar judayam kir bo‘lib ketgan, poyezdning ichida suvaraklar yuribdi, shaxsan o‘zimning ustimdan bir nechtasini urib tushirdim. Poyezdda havo almashish tizimi yaxshi ishlamaydi, havosi ifloslanib ketgan, hojatxonada zamonavoy “bio tualet” o‘rnatilgan, lekin u ham texnik tarafdan muammo chiqarib, ishlamay qoldi”, – deydi shaxsini ochiqlashni istamagan vatandosh.
U taqdim etgan suratlarda choyshablar toza emasligi, suvarak yurgani ko‘zga tashlanadi.
“Chiptalar narxi oshishi, sifat nazorati yo‘qligi va vagonlar holati gigiyenik taraflama javob bermasligi… Bu masalalar bo‘yicha bir necha marotaba ularning ishonch telefon raqami bilan bog‘lanmoqchi bo‘lganmiz, lekin foydasi bo‘lmadi”, – deyiladi murojaatda.
Shuningdek, u hozirga qadar rasmiylarga bu vaziyatni yetkazishga uringani va shu sabab OAVga murojaat qilmaganini, harakatlari samara bermagach, Kun.uz bilan aloqaga chiqqanini qayd etdi.
Kun.uz holat yuzasidan “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJga so‘rov yubordi.
Eslatib o‘tamiz, poyezdlardagi sanitar vaziyatning talabga javob bermasligiga oid masala birinchi marta ko‘tarilayotgani yo‘q. Avvalroq Urganch–Volgograd yo‘nalishida ham vagonda suvaraklar yurgani, derazalar toza emasligi, o‘rindiqlar tilinib ketgani aytilgandi.
Rasmiylar vaziyat o‘rganilayotganini, poyezd manzildan qaytgach sanitar holat yana tekshirilishini ma’lum qilgan, lekin keyinroq boshqa ma’lumot berilmagan.
Mavzuga oid
08:30 / 16.06.2026
Alp tog‘laridan dengiz tubigacha: dunyodagi 7 eng uzun temiryo‘l tunneli
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
11:55 / 04.06.2026