AQŞ içki xavfsizlik departamenti rahbari Kristi Noem 26 mart kuni Salvadorga taşrifi vaqtida dunyodagi eng katta qamoqxonalardan biri – Cecot’ga bordi. Yaqinda Amerika hukumati Venesuelaning jinoiy guruhlarga aloqadorlikda ayblangan 238 nafar fuqarosini şu yerga yuborgandi.
Noem ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaatida «Amerikadagi terrorçilarni bu yerga olib kelib, panjara ortiga qamab qöygani» uçun Salvador hukumatiga minnatdorçilik bildirgan .
Uşbu videoda u panjarali kamera fonida gapirgan, uning ortida Salvadorda MS-13 va «Barrio-18» nomlari bilan maşhur jinoiy tödalarning qamalgan a’zolari turgan.
«Men Salvador prezidentiga jinoyatçilarni uşbu qamoqxonaga joylaştirişda AQŞ bilan hamkorlik qilgani uçun minnatdorçilik bildiraman.
Avvalo, AQŞga noqonuniy kelmang. Siz çiqarib yuborilasiz va jinoiy javobgarlikka tortilasiz. Şuni bilib qöyingki, bu qamoqxona Amerika xalqiga qarşi jinoyat sodir etganingizda qöllaşimiz mumkin bölgan vositalardan biridir», – degan Kristi Noem.
I toured the CECOT, El Salvador’s Terrorism Confinement Center.
— Secretary Kristi Noem (@Sec_Noem) March 26, 2025
President Trump and I have a clear message to criminal illegal aliens: LEAVE NOW.
If you do not leave, we will hunt you down, arrest you, and you could end up in this El Salvadorian prison. pic.twitter.com/OItDqNsFxM
«Prezident Tramp va mendan noqonuniy jinoyatçi migrantlarga aniq xabarim bor: HOZIROQ KeTING! Agar ketmasangiz, biz sizni ta’qib qilamiz, qamaymiz va siz Salvadordagi uşbu qamoqxonaga tuşişingiz mumkin», – deya yozgan Noem X'dagi sahifasida.
AQŞ içki xavfsizlik vazirining Salvadorga safari sudlar venesuelaliklarni çiqarib yuboriş qarorini noqonuniy deb topganiga qaramay, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati migratsiya siyosatidan voz keçmoqçi emasligidan dalolat beradi, deyiladi BBC şarhida.
Noem Salvadorga taşrifi çoğida Trampning ittifoqçisi, Salvadordagi «Terrorizmga qarşi kuraş markazi» (Cecot) deb nomlangan uşbu megaqamoqxonani qurgan prezident Naib Bukele bilan uçraşişni rejalaştirmoqda. Salvador hukumati u yerga 40 minggaça mahbusni joylaştiriş mumkinligini bildirgan.



















