Minskda u metall çiqindilarini yiğib, topgan puliga ikki şişa vino sotib oldi. Yankovskiy köçasidagi hovlida joylaştirilgan çiqindixonalar yonida içib ötirgan payti, köziga yaqinida töxtab turgan «Geely Atlas» avtomobil içida jinlar bazm qilib ötirgandek körinadi.
U jinlarni haydaşga qaror qiladi va qölidagi şişa bilan ikki bor maşina old eşigiga urdi. Natijada şişa sinadi, kuzov esa şikastlanadi.
Sudda aybini töliq tan oldi. Ma’lum bölişiça, u doimiy yaşaş joyiga ega emas, rasman heç qayerda işlamaydi va avval 12 marta jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Minskning Frunze tumani prokuraturasi ma’lumotiga köra, sud uni jamoat tartibini qöpol ravişda buziş, jamiyatga oçiqdan-oçiq hurmatsizlik bildiriş va özganing mulkka zarar yetkaziş bilan boğliq qasddan amalga oşirilgan harakatlar (ya’ni, bezorilik)da aybdor deb topdi.
Natijada sud unga 1 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinladi. Jazoni u qattiq rejimdagi koloniyada ötaydi. Şuningdek, sud uni majburiy ravişda alkogolizmdan davolanişga yubordi va jabrlanuvçiga yetkazilgan zararni qoplaş majburiyatini yukladi.












