Rossiyada SSSRni ma’qullovchilar soni zamonaviy tarixda eng past darajaga tushdi
Rossiya propagandasining sovet ittifoqini maqtab, 1980-yillar oxiri - 1990-yillar boshidagi demokratiyaviy islohotlarni tanqid qilish bo‘yicha harakatlari natija bermayotgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: alamy.com
Buturossiya ijtimoiy fikr tadqiqotlari markazi (VsIOM) tomonidan mart oyida o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, 2025 yilda Mixail Gorbachyovning qayta qurish islohotlari boshlanishidan avvalgi SSSRda yashashni xohlovchi fuqarolar ulushi Rossiyaning zamonaviy tarixidagi eng past darajaga tushgan.
Tadqiqotga ko‘ra, rossiyaliklarning 37 foizi «1985 yildagi qayta qurishdan oldin mamlakatda hammasi o‘zgarmasdan qolgani yaxshi bo‘lardi», degan fikrni ma’qullagan. Bu ko‘rsatkich urushdan oldingi 2021 yilga nisbatan 10 foizga, 2000 yilga nisbatan 17 foizga, 1995 yil bilan solishtirganda esa 21 foizga kamaygan.
«Qayta qurishdan avvalgi SSSRga qaytishni xohlamayman», deganlar soni esa 48 foizni tashkil etdi. Shu tariqa, ilk bor so‘nggi sovet davrini o‘zgarishsiz saqlab qolish tarafdorlari soni islohotlarni qo‘llab-quvvatlovchilardan kamroq bo‘ldi, deya xulosa qilgan VsIOMning siyosiy tadqiqotlar bo‘limi mutaxassisi Mariya Grigoreva.
VsIOM ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklarning aksariyati qayta qurish — garchi u so‘z erkinligi va jamiyatni demokratlashtirish jarayoni bilan kechgan bo‘lsa-da — mamlakatga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirgan deb hisoblaydi. Bunday fikrdagilar 61 foizni tashkil etadi. Biroq shunga yaqin — 62 foiz respondent islohotlar zarur bo‘lganini tan olgan. Ular 49 foiz holda «islohotlar oqilona emas, yomon tashkil etilgan» deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, qayta qurish natijasida shaxsan o‘zi va oilasi yutuqqa erishganini aytganlar soni ham ortib bormoqda: hozir bu ko‘rsatkich 31 foizni tashkil etib, 2010 yildagi 24 foiz, 2000 yildagi 17 foiz va 1999 yildagi 12 foizdan ancha yuqori.
«Avvalroq qayta qurish davri haqidagi baholarda qayd etilgan barqarorlik va tanish hayot tarziga bo‘lgan nostalgiya endi ijtimoiy o‘zgarishlar zarurligini anglash hissiga yo‘l bera boshladi. Odamlar hatto og‘riqli bo‘lsa ham, o‘zgarishlar — yangilanish va o‘zlari yashashni xohlagan jamiyatni qurish uchun yagona yo‘l bo‘lganini tushunib yetmoqda», — deya ta’kidlagan Grigoreva.
SSSRda 1985 yilda so‘nggi bosh kotib Mixail Gorbachyov e’lon qilgan qayta qurish doirasida markazlashgan rejali iqtisodiyot bosqichma-bosqich parchalana boshladi: korxonalarga ko‘proq mustaqillik berildi, xususiy biznesning boshlang‘ich ko‘rinishi sifatida kooperativlar paydo bo‘ldi, tashqi siyosatda esa «yangi tafakkur» tamoyili e’lon qilindi — bu esa o‘n yillab davom etgan «sovuq urush»ni tugatdi.
Biroq shu bilan birga, 1985 yil oxirida jahon bozorlarida neft narxining keskin tushishi oqibatida SSSR iqtisodiyoti og‘ir valuta inqiroziga uchradi va olti yildan keyin amalda kasod bo‘ldi.
Avvalroq Rossiya Markaziy banki AQSh va OPEC neft bozorini to‘ldirishi orqali jahondagi neft narxlarining keskin tushirishga intilayotgani Rossiya iqtisodiyoti uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

21:14 / 23.05.2025
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi

20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi

19:13 / 23.05.2025