Andijonda masjidda gaz portladi. Asosiy ma’lumotlar
31 mart kuni Izboskan tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasida joylashgan masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Yana 10 kishi turli darajada tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz portlashi haqida viloyat FVBga soat 12:19 da xabar kelib tushgani haqida ma’lum qildi. FVV dastlabki ma’lumotlarida 6 kishi jarohat olgani aytildi. Keyinroq jarohat olganlar soni 9 kishiga yetgani aytildi. So‘nggi ma’lumotlarda esa jarohat olganlar soni 10 kishiga yetgani, halok bo‘lganlar 3 kishini tashkil etgani ma’lum qilindi.
Voqea joyiga 2 ta qutqaruv otryadi va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Vazirlik gaz portlashi natijasida masjid tahoratxonasining devor va tom konstruksiyalariga zarar yetgani, lekin yong‘in kelib chiqmaganini xabar qildi. Andijon viloyat hokimligi portlash tufayli masjid tahoratxonasi qulab tushganini ma’lum qildi. Keyinroq viloyat prokuraturasi holat haqida to‘liqroq ma’lumot taqdim etdi.
“Izboskan tumanida joylashgan “Ahmadali hoji” masjidining tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz, xona ichiga to‘planib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan”, — deyiladi prokuratura xabarida.
Voqea joyiga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari ham yetib bordi. Bundan tashqari, vodiyda bo‘lib turgan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Botir Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgan.
Hukumat komissiyasi tuzildi
Portlash yuzasidan zudlik bilan hukumat komissiyasi tuzildi. Bosh vazir matbuot xizmati komissiyaga Ochilboy Ramatov raislik qilishini ma’lum qildi.
Mazkur komissiya masjid hududida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bilan shug‘ullanishi belgilangan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijon viloyati prokuraturasi esa portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 259-moddalari (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani haqida xabar berdi.
Prokuratura tergov harakatlari davomida barcha holatlar to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Naves”, otxonalarimiz yer bilan bitta bo‘ldi...” – Buloqboshidagi suv toshqinidan reportaj
O‘zbekiston | 16:59
-
Putin va Si Jinping «Ukraina inqirozi»ni muhokama qildi
Jahon | 16:53
-
Tramp Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashdi
Jahon | 16:34
-
YeI G7 tashabbusi doirasida Ukrainaga yana 1 mlrd yevro to‘ladi
Jahon | 15:59
Mavzuga oid

08:31
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

22:07 / 29.04.2025
Shuhratbek Abdurahmonov Bahodirlar o‘yinlarining Osiyo federatsiyasi prezidenti etib saylandi

21:45 / 29.04.2025
Yangilangan yo‘lak va perronlar, buziladigan aerovokzal – Andijon xalqaro aeroportidan reportaj

11:02 / 29.04.2025