“Kvars” davlat ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berildi
Ma’lum bo‘lishicha, yirik shisha zavodi ofshor zonaga borib taqaluvchi korxonaga pulini 3 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan. Xaridor majburiyatlarini bajarolmagach, bitim bekor qilingan. “Bu – xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish yoki milliylashtirish emas”, deyiladi Davaktiv bayonotida. Katta zararga kirib ketgan zavodni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari ko‘riladi.

Foto: "Kvars" AJ
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Kvars” AJdagi davlat aksiyalari agentlik ixtiyoriga qaytarilganiga izoh berdi.
Vakolatli organning ma’lum qilishicha, 2023 yil fevralida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan, “Kvars” AJning 89,78 foiz aksiyalar paketi “Quvasoysement” AJga 265 mlrd so‘mga, uch yilda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan.
Shu munosabat bilan, “Kvars” AJning faoliyati monitoring qilib borilgan va to‘lov grafiklardagi uzilishlarni oldini olish maqsadida xaridor – “Quvasoysement” AJ ogohlantirib kelingan.
Ammo xaridor shartnomaviy majburiyatlarini bajarishda qiyinchiliklarga uchragan va oldi-sotdi shartnomani taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilish bo‘yicha Davaktiv agentligiga murojaat qilgan. Shunga ko‘ra, tomonlar 2025 yil 14 fevralda o‘zaro kelishib, oldi-sotdi shartnomasini bekor qilgan va “Kvars” kuzatuv kengashi tarkibi qayta ko‘rib chiqilib, unga Davaktiv vakillari kiritilgan.
“Ta’kidlash joizki, jamiyatning 89,78 foiz aksiyalar paketi davlat ixtiyoriga qaytarilishi oldi-sotdi shartnomasi shartlari to‘liq bajarilmaganligi natijasida yuz bergan va shartnomaviy-huquqiy munosabatlar doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu holat xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish yoxud milliylashtirish hisoblanmaydi”, – deyiladi agentlik bayonotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, bugungi kunda “Kvars” AJni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, 1975 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Kvars” – Markaziy Osiyoda shisha idishlar, avtosanoat uchun oynalar va boshqa qator turdagi shisha mahsulotlar ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi eng yirik zavod hisoblanadi.
Zavod xususiylashtirilmasidan oldingi yillarda foyda ko‘rib ishlagan: 2021 yilda sof foydasi 54,7 mlrd so‘m, 2022 yilda 64,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.
2023 yil fevralidagi xususiylashtirishdan keyin, kompaniya o‘sha yilni 21,7 mlrd so‘m, 2024 yilni esa 142 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan.
“Kvars” AJ o‘tgan yil Asakabankdan 8 mln dollar, 2025 yilda esa 60 mlrd so‘m miqdorida kredit ham olgan.
Xaridor – “Quvasoysement” AJ Kiprda ro‘yxatdan o‘tgan United Cement Group tarkibiga kirgan. Bu holding tarkibida, shuningdek, O‘zbekistondagi “Qizilqumsement”, “Bekobodsement”, “Quvasoysement” zavodlari, Qirg‘izistondagi Kant sement zavodi va “Texnolin” korxonasi ham bor.
Avvalroq United Cement Group asoschisi Ulug‘bek Shodmonov 2024 yilning dekabr oyida BAAda qo‘lga olingani va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Korxona va tashkilotlar reyestriga ko‘ra, 1 aprel holatiga “Quvasoysement"ning ulushdorlari quyidagilar: Raybird Limited (30 foiz), Rayblock Limited (30 foiz), Raycross Limited (29 foiz), Ansher Finance LLP + Ansher Investmens LLP (1 foiz), jismoniy shaxslar (10 foiz).
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 11:53
-
Oq uy: Sumiga zarba - tinchlik zarurligi haqida eslatma
Jahon | 11:51
-
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi
Jamiyat | 11:45
-
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj
Jamiyat | 11:39
Mavzuga oid

22:35 / 08.04.2025
Toshkentdagi «Matbuot uyi» investorga berilgani rad etildi

20:13 / 08.04.2025
Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berildi

12:27 / 01.04.2025
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi

16:21 / 27.03.2025