Kipr parlamentida Roman Abramovichning firmasini tekshirish talab qilindi
Rossiyalik milliarderga tegishli kompaniya millionlab yevrolik soliqlardan qochishda gumonlanmoqda.

Foto: The American Conservative
Kipr parlament qo‘mitasi rossiyalik milliarder Roman Abramovichning biznesini tekshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq etish markazining (OCCRP) ma’lum qilishicha, uning 18,5 million dollar soliq hisoblanganidan keyin tugatilgan kompaniyalaridan biri firibgarlik sxemasiga aloqador bo‘lishi mumkin.
OCCRP hamda uning Kirpdagi CIReN sheriklik markazi tomonidan o‘tkazilgan tergov Abramovichning Blue Ocean kompaniyasi milliolab yevrolik soliqlardan qochishga oid ko‘p yillik sxemalarda ishtirok etganini aniqlagan. Buning uchun Kiprda superyaxtalarni ijaraga berish bilan shug‘ullanuvchi soxta tuzilma yaratilgan.
Abramovichning sxemasi 2005 yildan 2012 yilga qadar ishlagan. OCCRP tergoviga ko‘ra, yaxtalardan tijoriy maqsadlarda foydalanilmagan, ijara shartnomalari esa eski sana bilan rasmiylashtirilgan. Virgin orollarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan kompaniyalar Abramovichning 1,2 milliard dollarlik yaxtalari — Ecstasea, Le Grand Bleu, Pelorus, Eclipse va Luna’ga egalik qilgan. Ular xuddiki Kiprdagi Blue Ocean Yacht Management’ga, o‘z navbatida, yaxtalar uchinchi tomonga ijaraga berilishi kerak bo‘lgan. Ammo Abramovich xodimlarining ichki yozishmalaridan aksariyat «kruizlar» amalga oshirilmagani va shartnomalar faqat holding ichidagi moliyaviy operatsiyalar uchun tuzilgani ma’lum bo‘lgan.
Blue Ocean soliq imtiyozlarini, jumladan, QQS va yonilg‘i uchun boj to‘lashdan ozod bo‘lish uchun soxta shartnomalardan foydalangan. Natijada, yaxshigina foyda ko‘rilgan: Ecstasea yaxtasi bitta reysning o‘zida yonilg‘idan 44 ming dollar tejagan. Kipr qonunchiligiga muvofiq, soliq to‘lovchilar ogohlantirish olganidan keyin 30 kun ichida QQS to‘lashi kerak — aks holda ular jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Parlamentdagi muxolif Volt partiyasi deputati Aleksandra Attalides OCCRP tergoviga asoslangan holda Etika masalalari bo‘yicha qo‘mitaga maktub yo‘llagan. Unda deputat soliqlarning to‘lanishi bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirishni talab qilgan.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«O‘lim zonasi» yaratayotgan Isroil, Kremldan otashkesim uchun shartlar va bojlar zaruriyatini tushuntirgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 12:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etiladi
Iqtisodiyot | 12:55
-
O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida vizasiz tartib joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 12:52
-
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:31
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

21:51 / 21.02.2025
Putin milliarder Abramovichni Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazadiganlar guruhiga kiritmadi

18:37 / 19.12.2024
O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi

20:50 / 14.12.2024