Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya sohillaridan Rossiya atom suvosti kemalarini kuzatishda foydalangan datchiklar topildi
Ushbu sensorli datchiklar Moskva tomonidan yadroviy jangovar kallaklari mavjud Vanguard suvosti kemasining harakatini kuzatish maqsadida o‘rnatilgan.
Foto: PA images
Buyuk Britaniya yaqinidagi suvlardan Rossiya mamlakatning atom suvosti kemalarini kuzatishda foydalangani taxmin qilinayotgan sensorli datchiklar topildi. Bu haqda Britaniyaning sobiq mudofaa vazirlari, yuqori martabali harbiy xizmatchilari va ekspertlarga tayanib The Sunday Times xabar berdi.
Datchiklarning bir nechtasi sohilga chiqib qolgani sabab topilgan. Qolganlari Britaniya flotining mina izlovchi kemalari yordamida aniqlangan.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi versiyasiga ko‘ra, ular Moskva tomonidan yadroviy jangovar kallaklari mavjud raketalar o‘rnatilgan to‘rtta Vanguard suvosti kemasining harakatini kuzatish maqsadida o‘rnatilgan.
Gazeta suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, taxminan 2020 yildan beri Britaniya uchun «muhim ahamiyat kasb etuvchi» suvosti kabellari yaqinidan Rossiyaning suvosti dronlari topilgan. Ular atrofida hech qanaqa kema yoki suvosti kemalari bo‘lmagan — bu dronlar kobellarga yaqinlashish uchun uzoq masofani bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelganini anglatadi. Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining hisoblashicha, dronlar suvosti kommunikatsiyasiga shikast yetkazishga uringan, ammo bugungi kunda buni isbotlovchi hech qanday dalillar yo‘q.
The Sunday Times’ning Mudofaa vazirligidagi uch manbasining qayd etishicha, Ukrainaga qarshi urush boshlangunga qadar Londonda rossiyalik milliarderlarga tegishli superyaxtalardan Britaniya qirg‘oqlarini razvedka qilishda foydalanilgani bo‘yicha razvedka ma’lumotlariga bo‘lgan. Maqolada bunga bir nechta misol ham keltirilgan. 2018 yilda prichalda «rossiyalik oligarxga» tegishli ulkan yaxta aniqlangani sabab HMS Albion desant kemasi Limassoldagi portni tark etishga majbur bo‘lgan. Ekipaj yaxtani yashirin kuzatuvda gumonlab, portni tark etishga qaror qilgan.
Yuqori martabali harbiylar jurnalistlar bilan suhbatda suv ostidagi texnologik qarama-qarshilikni sovuq urush davrida AQSh va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi kosmik poygaga qiyosladi.
Mavzuga oid
17:51 / 28.04.2026
Britaniya qiroli 2007 yildan beri birinchi marta AQShga tashrif buyurdi
21:17 / 22.04.2026
Britaniya tamakini taqiqlaydi va «chekmaydigan avlod» mexanizmini ishga tushiradi
00:33 / 13.04.2026
Britaniya Ho‘rmuz blokadasida qatnashishdan bosh tortdi – OAV
13:30 / 16.03.2026