Bellissimo Pizza dunyodagi eng yaxshi 5 pitssa brendidan biri deb topildi
O‘zbekistonda ta’sis etilgan Bellissimo Pizza xalqaro darajada tan olindi - brend Pizza Marketplace Top 100 Movers & Shakers 2025 reytingida 4-o‘rinni egalladi.
Bu haqda Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro gastronomik va restoran sanoati anjumanida e’lon qilindi. Bellissimo — dunyo bo‘ylab pitssa sanoatini shakllantirayotgan, uning qiyofasiga ta’sir o‘tkazayotgan brendlar qatorida ko‘rsatildi.

Reyting to‘rtta asosiy mezon bo‘yicha tuzilgan:
· biznes o‘sish sur’ati,
· texnologik yechimlar,
· menyudagi innovatsiyalar,
· operatsion samaradorlik.
Bu natija nafaqat Bellissimo uchun, balki butun O‘zbekiston restoran sanoati uchun tarixiy yutuq hisoblanadi. Chunki ushbu brend reytingda mintaqaviy emas, balki dunyo darajasida, jahon pitssa bozorining yetakchi beshtaligi ichida qayd etildi.
Bellissimo Pizza bu natijaga tasodifan erishgani yo‘q — bu izchil rivojlanish, mahalliy ta’mni innovatsion yondashuv bilan uyg‘unlashtirish va mijoz ehtiyojlarini chuqur tushunish orqali amalga oshgan strategiya natijasidir.

Kompaniyaning menyusida nafaqat xalqaro pitssa klassikalari, balki mahalliy talablarga mos, O‘zbekiston bozorida yaqin qabul qilinadigan yondashuvlar ham o‘z ifodasini topgan. Mazkur uslub tez orada mamlakat tashqarisida ham namoyon bo‘ladi — Bellissimo Pizza Qozog‘istonda ham o‘z filialini ochish arafasida.
Ayni paytda Bellissimo logotipidagi yurak belgisi va shiordagi “tabassum bilan” so‘zlari nafaqat Toshkentda, balki dunyo miqyosidagi restoran sanoati maydonida ham yangramoqda.
Bu voqelik — O‘zbekistonda yaratilgan ta’m dunyo bozorida munosib o‘rin egallashi mumkinligini yana bir bor isbotlaydi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 15:34
-
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi
Jahon | 15:24
-
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun taksi va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanmaydigan bo‘ldi
Jahon | 15:12
-
#SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz!
O‘zbekiston | 15:00