Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Ularning aksariyati - 5,4 ming nafardan ortig‘i Xitoy fuqarolaridir. Umumiy hisobda ozod etilgan shaxslar 30 dan ortiq davlatlarning fuqarolari hisoblanadi.

Foto: AP
Tailand 2025 yil fevralda Myanma bilan chegara hududida joylashgan firibgarlik call-markazlaridan ozod etilgan 7224 nafar chet el fuqarosini vataniga qaytardi. Ushbu operatsiya Myanma xavfsizlik kuchlari ko‘magida Tailand va Xitoy huquq-tartibot organlari hamkorligida amalga oshirildi.
Tailand TIV axborot departamenti bosh direktori Nikondet Pxalangkunning ma’lum qilishicha, ozod etilganlarning umumiy soni 9951 kishini tashkil etgan bo‘lib, ularning 7224 nafari allaqachon vataniga qaytgan. 1,7 mingdan ortiq odam ayni vaqtda Myanmada qolmoqda va tez orada o‘z vataniga yuborilish uchun Tailandga jo‘natiladi.
Pxalangkunning so‘zlariga ko‘ra, vataniga qaytarilgan fuqarolarning aksariyat qismini Xitoy fuqarolari (5414 nafar) tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarni Indoneziya (653 kishi) va Hindiston (581 kishi) egallagan. Umumiy hisobda ozod etilgan shaxslar 30 dan ortiq davlatlarning fuqarolaridir.
Tailand fevral oyida firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi call-markazlar joylashgan Myanmaning beshta tumaniga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatgan edi. Qirollik hukumatining ma’lum qilishicha, telefon va internet firibgarligi muammosi mamlakatga jiddiy zarar yetkazgan — 2022-2024 yillar davomida 500 mingdan ortiq tailandlik jinoyatchilar qurboniga aylangan. Yetkazilgan zarar esa 60 milliard batga (1,8 milliard dollar) baholanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmada firibgarlarning 17 ming qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Myanmada internet firibgarligi bilan shug‘ullanadigan call-markazlarda odatda aldov yo‘li yoki tahdidlar orqali ishlashga majburlangan chet el fuqarolari faoliyat yuritadi.
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Jahon | 22:13
-
Braziliyada havo sharining qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 22:02
-
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi
Jahon | 21:52
-
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin
Jahon | 21:16
Mavzuga oid

09:43 / 16.06.2025
Fuqaroga suvdan qarzi borligi haqida yolg‘on SMS yuborgan operator ushlandi

23:05 / 13.06.2025
O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro Toshkent aeroportida ushlandi

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

19:30 / 11.06.2025