Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
Isroil askarlari Iordan daryosi G‘arbiy sohiliga tashrif buyurgan bir guruh xorijiy diplomatlarga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzdi. BMT hodisani «qabul qilib bo‘lmas holat» deb atadi.
21 may, chorshanba kuni Germaniya Tashqi ishlar vazirligi X ijtimoiy tarmog‘i orqali shunday bayonot berdi: «Bugun G‘arbiy sohildagi Jyenin yaqinida Isroil mudofaa kuchlari ro‘yxatga olingan diplomatik delegatsiyaga qarata o‘t ochdi, ular orasida nemis diplomati ham bor. Biz bu asossiz hujumni keskin qoralaymiz».
Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevoning so‘zlariga ko‘ra, tashrif Isroil armiyasi bilan oldindan kelishilgan va diplomatlar «aniq identifikatsiya qilinadigan avtomobillar» karvonida harakatlangan, deb yozadi AFP.
«Bu diplomatlar, jumladan, BMT xodimlari ham o‘qqa tutildi. Ular ogohlantirganmi yoki yo‘qmi, buni qabul qilib bo‘lmaydi», dedi chorshanba kuni BMT bosh kotibi Antonio Guterrishning matbuot kotibi Stefan Dyujarrik. «O‘z ishini bajarayotgan diplomatlarga hech qachon o‘q uzilmasligi yoki hech qanday tarzda hujum qilinmasligi kerak». BMT vakili Isroil tomonini «kelajakda bunday hodisalar yuz bermasligi» uchun choralar ko‘rishga chaqirdi.
Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL) shunday bayonot berdi: «Dastlabki tergovga ko‘ra, delegatsiya tasdiqlangan marshrutdan chetga chiqib, ruxsat etilmagan hududga kirdi. Hududda faoliyat yuritgan TsAXAL askarlari ularni chalg‘itish uchun ogohlantiruvchi o‘q otdi. Jarohatlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q».
Mavzuga oid
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
11:20 / 08.06.2026