Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
5-8 iyun kunlari Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» qatnovlari harakatlanadi.
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha «Afrosiyob» reyslari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qatnovlar bayram kunlari — 5, 6, 7 va 8 iyunda amalga oshiriladi.
Harakat jadvali quyidagicha:
- Samarqand—Toshkent — jo‘nash 10:55 da, yetib kelish 13:15 da;
- Toshkent—Samarqand — jo‘nash 13:56 da, yetib kelish 16:14 da.
Chiptalarni eticket.railways.uz sayti, Uzrailways Ticket mobil ilovasi hamda temiryo‘l kassalaridan xarid qilish mumkin.
Avvalroq Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi Qurbon hayiti kuni poytaxtda jamoat transporti soat 03:00 dan ish boshlashini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026