O‘zbekiston JCh saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi
JCh yo‘llanmasini muddatidan oldin hal qilib bo‘lgan O‘zbekiston guruh jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Foto: Kun.uz
JCh–2026 saralashi, A guruhi, 10-tur
10 iyun, seshanba, «Bunyodkor» stadioni
O‘zbekiston – Qatar 3:0
Gollar: Aziz Turg‘unboyev 28, Eldor Shomurodov 86, Igor Sergeyev 90+2
O‘zbekiston: Yusupov, Husanov, Alijonov (To‘xtaxo‘jayev 90), Mozgovoy, Hamrobekov (Bo‘riyev 82), Masharipov (Erkinov 82), Nasrullayev, Shomurodov (Igor Sergeyev 90), Turg‘unboyev (Iskanderov 62),Fayzullayev, Aliqulov.
Qatar: Salah Zakariyo, Abdulla Yusuf, Ahmad Suhayl, Homam al Amin (Ismoil Muhammad 76), Bassam, Abdulaziz Hatim (al Mannay 46), Ahmad al Ganehi (Edmilson 57), Amro Surag (Muntari 57), Assim, Mustafo Meshal, Akram Afif (Abdilrahmon Fahmi 67).
Ogohlantirishlar: Abdulaziz Hatim 33, Bassam 41, Afif 67, Muntari 67, Humuma 72.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi JCh-2026 saralash turnirining oxirgi turida Qatar ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi. 10 iyun kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o‘tkazilgan uchrashuv 3:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda Aziz Turg‘unboyev hisobni ochdi. U 28-daqiqada o‘ng qanotda ikki raqibdan o‘tib, jarima maydoniga yorib kirdi va to‘pni to‘sin ostidan darvoza to‘riga kiritib, supergol muallifiga aylandi.
O‘yin davomida mezbonlar to‘liq ustunlikka erishdi, birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham jamoa yetakchisi Eldor Shomurodovda hisobdagi farqni oshirish uchun yetarlicha imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo faqat 86-daqiqaga kelib o‘z maqsadiga erishdi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jamshid Iskanderovning maydonning ikkinchi qismidan bergan uzatmasiga yetib borgan hujumchi bir harakat bilan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, ikkinchi harakatda mehmonlar darvozasini ishg‘ol etdi.
90+1-daqiqada esa Shomurodovning o‘rniga maydonga tushirilgan Igor Sergeyev burchakdan oshirilgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi, bu uning to‘pga birinchi teginishi edi. E’tiborli jihati, unga ham Iskanderov assistentlik qildi.
Bu O‘zbekistonning JCh-2026 saralash o‘yinlaridagi ilk yirik hisobdagi g‘alabasi bo‘ldi, bungacha jamoa 9 turdan 5 tasida minimal hisoblarda g‘alaba qozongan, uch o‘yinda durang o‘ynagan, Qatarga qarshi safar o‘yinida oxirgi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gol tufayli yutqazgandi (2:3).
So‘nggi turda guruhda Eron ham Shimoliy Koreya ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, Qirg‘iziston o‘z maydonida BAA bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Guruhning yakuniy jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:
Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni O‘zbekiston milliy jamoasi BAAga qarshi safar o‘yinida 0:0 hisobida durang o‘ynab, muddatidan oldin jahon chempionati yo‘llanmasini rasmiylashtirgandi.
Bu O‘zbekiston uchun ilk mundial bo‘ladi. Bungacha yetti urinish muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 19:53
-
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:49
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
Jamiyat | 19:43
-
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

18:58 / 21.06.2025
Eldor Shomurodov atrofidagi mish-mishlar. U yozda «Roma»ni tark etadimi?

08:47 / 11.06.2025
JCh saralashi. Falastin alamli tarzda qolib ketdi, Saudiya pley-offda o‘ynaydi

14:41 / 10.06.2025
«Meros». Srechko Katanetsga bag‘ishlanadi

11:58 / 10.06.2025