Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
23151
1 daqiqa o‘qiladi

Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Bir guruh bolalar Parkensoyning qurigan o‘zanida hosil bo‘lgan ko‘lmakka cho‘milishga borgan. Ularning 3 nafari suvga cho‘kib vafot etgan. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Parkent tumanida 3 nafar bola suvga cho‘kib halok bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatga oydinlik kiritdi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, hodisa bugun, 14 iyun kuni soat 14:00 lar atrofida Parkent tumanida sodir bo‘lgan. Bir guruh bolalar tumanning Surxi mahallasi hududidan o‘tgan Parkensoyning qurigan o‘zanida hosil bo‘lgan ko‘lmakka cho‘milishga borgan. Shunda bolalardan 3 nafari suvga cho‘kib, halok bo‘lgan.

Bolalarning jasadi ko‘lmakdan olib chiqilgan. Suvning chuqurligi 2 metrgacha yetgan. Bu yerda cho‘milish mumkin bo‘lmagan.

Avvalroq Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida ham ikki nafar bola fermer dalasidagi hovuzga cho‘kib halok bo‘lgandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid