Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Munsif Marzuqiyga nisbatan hukm sirtdan chiqarildi, u hozir Fransiyada qo‘nim topgan.
Tunis sudi sobiq prezident Munsif Marzuqiyni davlat xavfsizligiga putur yetkazganlikda ayblab, sirtdan 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda 21 iyun kuni Reuters xabar berdi.
Marzuqiy 2011 yildan 2014 yilgacha Tunisni boshqargan va hozirgi prezident Qays Saidning eng keskin tanqidchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Yaqinda chiqarilgan hukm ketma-ket uchinchisidir: sobiq prezident avvalroq hokimiyatga qarshi chiqishda ayblanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
Marzuqiy ayblovlarni rad etib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Said parlamentni tarqatib, 2021 yilda yangi konstitutsiya qabul qilinganidan keyin avtoritar tizim qurmoqda.
Said 2019 yilda davlat rahbari etib saylangan va 2024 yilda ikkinchi muddatga qayta saylangan.
Marzuqiy ayni paytda Parijda yashayapti va ta’qiblardan qo‘rqmasligini, Tunisga qattiq nazorat boshqaruvi emas, balki demokratiya kerakligini aytib, tanqidlardan to‘xtamayapti.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
20:14 / 31.05.2026