Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi
Alisher Navoiy istirohat bog‘ida 21 va 19 yoshli ikki qiz 4 nafar voyaga yetmagan qizni kaltakladi. Janjalga karuselda uchish vaqtida yuzaga kelgan tortishuv sabab bo‘lgan.
Navoiy shahridagi Alisher Naoviy istirohat bog‘ida bir guruh qizlar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Navoiy shahridagi bog‘da bir guruh qizlar janjallashib, bir-birini urgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilishicha, holat shu kunning o‘zida viloyat IIB tomonidan o‘rganilib, qizlarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, videodagi holat 30 iyun kuni yuz bergan. 21 va 19 yoshli qizlar (J.X. va T.D.) Navoiy shahridagi istirohat bog‘ida o‘zlariga notanish bo‘lgan 4 nafar voyaga yetmagan qiz (2010, 2011, 2012 yillarda tug‘ilgan) bilan karuselda uchish vaqtida o‘zaro nomunosib muomala tufayli janjallashib qolgan. Oqibatda J.X. va T.D. qizlarni kaltaklagan.
Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, o‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.
Mavzuga oid
12:05 / 10.01.2026
Buxoroda bir guruh voyaga yetmaganlar ishtirokidagi janjal holati o‘rganilmoqda
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
14:58 / 17.12.2025