Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ushbu O‘zbekiston fuqarosi aprel oyida hibsga olingan. Bosh prokuratura iltimosnomasi asosida u Interpol Milliy markaziy byurosi vakillariga topshirildi.
Interpol Maskat Milliy markaziy byurosi xodimlari kuzatuvida O‘mondan O‘zbekistonga odam savdosida ayblanayotgan fuqaro ekstraditsiya qilindi.
Qayd etilishicha, ushbu fuqaro xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning O‘mon hududida ekani aniqlangan. U joriy yilning aprel oyida ushbu mamlakatda hibsga olingan.
Tashrif davomida olib borilgan muzokaralar va o‘rnatilgan ikki tomonlama aloqalar tufayli O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ayblanuvchini topshirish to‘g‘risidagi iltimosnomasini amalda bajarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, may oxirlarida Toshkent Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining hamrohligida O‘mondan O‘zbekistonga ikki nafar jinoyatchi ayol ekstraditsiya qilingan edi.
Mavzuga oid
20:20 / 21.06.2026
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
18:23 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘mon bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
19:51 / 22.05.2026
Eron va O‘mon Ho‘rmuzda kemalardan to‘lov undirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
23:09 / 21.05.2026