Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi
Hozirda uning jasadini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Turkiyada 35 yoshli o‘zbekistonlik ayol otishma oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan. 5 iyul kuni yuz bergan otishmada u bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.
Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Vafot etgan vatandoshimizning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek, uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026