O‘zbekiston | 17:19 / 08.07.2025
1339
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan ​​Sharm ash-Shayxga uchadigan reys texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi

Ayni paytda yo‘lovchilar terminalning steril zonasida bo‘lib, issiq ovqat bilan ta’minlangan.

Fly Khiva aviakompaniyasining Toshkent—​​Sharm ash-Shayx—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 2U-5501/2U-5502 reysi Toshkent aeroportida texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda yo‘lovchilar terminalning steril zonasida bo‘lib, issiq ovqat bilan ta’minlangan, aviakompaniya vakillari esa ularning barcha murojaatlariga tezkorlik bilan javob bermoqda.

Ta’kidlanishicha, reys kechiktirilgan taqdirda aviakompaniya yo‘lovchilarni mehmonxonaga joylashtirish, oziq-ovqat va transport bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, reys mahalliy vaqt bilan soat 18:20 da belgilangan manzilga jo‘naydi.

«Parvoz holati haqida batafsil ma’lumot olish uchun aviakompaniyaga murojaat qilishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish