Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi xalqaro shaxmat turnirida yosh o‘zbek shaxmatchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi
2025 yil 25–30 iyun kunlari Moskva shahrida“Shaxmat yulduzlari 5.0” nomli yirik xalqaro tezkor shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirda dunyoning yetakchi grossmeysterlari hamda turli mamlakatlardan kelgan yosh iqtidorli sportchilar qatnashdi. Bu safar turnir tarixida ilk bor O‘zbekiston yosh shaxmatchilari ham ishtirok etdi.
O‘zbekistondan 6 nafar shaxmatchi saralash bosqichida muvaffaqiyatli o‘tib, musobaqaga yo‘l oldi. Saralash jarayonini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Xalqaro shaxmat akademiyasi uyushtirdi va tashkiliy yordamni Tillar ta’limiy media-platformasi ko‘rsatdi.
Uch nafar o‘zbekistonlik sportchi sovrinli o‘rinlarni egalladi:
• Obidov Biloliddin — 1-o‘rin

• Begmuratova Sarvinoz — 3-o‘rin

• Nematillahonov Nurmuhammad — 3-o‘rin
Turnir doirasida to‘rtta yosh toifasi bo‘yicha to‘rt oltin medal taqdim etildi, va ularning birini bizning yosh iste’dodimiz egalladi.13 yoshli Biloliddin Obidov musobaqaning eng yosh va eng e’tiborga loyiq ishtirokchilaridan biri bo‘ldi. U 17 yoshgacha bo‘lganlar toifasida qatnashib, kuchli raqiblarga qarshi ishonchli o‘yin namoyish etdi va birinchi o‘rinni egalladi. Yoshiga qaramay, Biloliddin musobaqa davomida barqarorlik, aniqlik va taktika borasida yuqori darajadagi tayyorgarlikni ko‘rsatdi.

Musobaqada 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi, final bahslari esa VDNX majmuasida o‘tkazildi. Yosh shaxmatchilar nafaqat yuqori darajadagi raqobatni his etdilar, balki Sergey Karyakin va Xou Ifan kabi mashhur grossmeysterlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston vakillarining bu muvaffaqiyati xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va mamlakatimiz shaxmat maktabining salohiyatini namoyon etishda muhim qadam bo‘ldi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:55 / 20.06.2026
Nodirbek Abdusattorov jahon shaxmat reytingida eng yuqori uchtalikka kirdi
19:23 / 17.04.2026
Prezident Sindorovga «Mehnat shuhrati» ordenini shaxsan topshirdi
18:33 / 15.04.2026
Sindorov turnirni yana bir rekord bilan yakunladi
16:31 / 15.04.2026