Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
U O‘zbekiston davlat reyestrida yigirmanchi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Qayd qilinishicha, geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.
Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Zomin qozon patiri O‘zbekiston davlat reyestrida yigirmanchi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi.
Avvalroq, Samarqand qog‘ozi, tuxumbarak, Andijon do‘ppisi va So‘qoq somsasi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olingan edi.
Mavzuga oid
13:54 / 22.12.2025
Investitsiya vositachilari uchun xizmatlar va cheklovlar belgilandi
21:44 / 16.12.2025
Tadbirkorlik sohasidagi 1600 dan ortiq ma’muriy talab bekor qilinadi
08:42 / 12.12.2025
Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi
10:48 / 25.11.2025