Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «chet el agentlari» ro‘yxati yana kengaytirildi
Rossiya Federatsiyasidagi «chet el agentlari» ro‘yxati yangi nomlar bilan kengaytirilmoqda. Tegishli reyestrga jurnalistlar, bloger, siyosatchi va faol kiritildi.
Rossiyada mamlakat Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan «chet el agentlari» reyestri yana kengaytirildi. Yangi nomlar orasida Ukrainaning «Nash vyxod» jamoat harakati, siyosatchi Pavel Yelizarov, bloger Nikolay Rosov, jurnalistlar Valeriy Potashov va Darya Litvishko, «Svobodnaya Yakutiya» jamg‘armasi hammuassisi Raisa Zubareva bor.
«Nash vyxod» harakati bedarak yo‘qolgan yoki asirga tushgan rossiyalik harbiy xizmatchilarni qidiradi. Nikolay Rosov Sankt-Peterburg davlat universitetining tarix fakulteti bitiruvchisi, tarixiy mavzularda onlayn strimlar olib boradi. Raisa Zubareva vakili bo‘lgan «Svobodnaya Yakutiya» jamg‘armasi Yakutiya mustaqilligi tarafdori. 2023 yilda jamg‘arma ham «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritilgan.
Valeriy Potashov — kareliyalik jurnalist, 2022 yildan — «Novaya gazeta»ning doimiy muallifi. Uch kun oldin FSB xodimlari «Revolt-Tsentr» ishi doirasida uning kvartirasi va dalahovlisida tintuv o‘tkazgan.
Pavel Yelizarov marhum rossiyalik muxolifat yetakchisi, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Boris Nemsovning sobiq hamkori. Darya Litvishko — RZVRT YouTube kanalining boshlovchisi.
Rossiya Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi, jumladan, Rossiya Federatsiyasi hukumati qarorlari va siyosati haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan, xorijiy tashkilotlar bilan aloqa qilgan, «chet el agentlari» materiallarini tarqatgan va «maxsus harbiy operatsiya» (Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi) deb ataluvchi amaliyotga qarshi chiqqan.
Mavzuga oid
14:03 / 14.02.2026
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
13:56 / 08.01.2026
Sobiq deputat Rossiya Konstitutsiyaviy sudida “chet el agentlari” haqidagi qonunga qarshi chiqdi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025