Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi bor - Qudbiyev
O‘zbekistonda klasterlarning fermerlar oldida juda katta qarzdorligi mavjud. Natijada fermerlar soliq to‘lay olmayapti, xodimlariga oylik berolmayapti. Bu haqda 19 iyul kuni Savdo-sanoat palatasida to‘qimachilik sanoati vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ma’lum qildi.
“Kun tartibi uchun yana bitta masala – klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi. Mayli, [to‘qimachilik klasterlarining] davlat oldida qarzi bor, kredit qarzi bor, lekin fermerlarning oldida ham juda katta qarzi bor. Uning oqibatida fermer soliq to‘lamayapti, oylik berolmayapti, kreditini yopolmayapti”, – dedi Qudbiyev.
Yig‘ilishda ishtirok etgan iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov ham klasterlarning fermerlardan qarzdorligini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iyulda paxta-to‘qimachilik klasterlarini moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari e’lon qilingan edi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
09:00 / 28.06.2026
Korrupsiyaga qarshi yangi qonun va tanqidlar ostidagi hokimlar - hafta dayjesti
11:30 / 25.06.2026