Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Shifokor yengil yoki o‘rtacha depressiyaga chalingan odamlar uchun antidepressantlarga muqobil sifatida shunday ko‘rsatmani qo‘llab-quvvatladi.
Buyuk Britaniyada depressiyadan aziyat chekayotgan odamlarga futbol o‘yinlariga borishni tavsiya etildi. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Leyboristlar parlamenti a’zosi Saymon Ofer va Ecotricity energetika kompaniyasi egasi Deyl Vins tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus Glostershirdagi klinikalar bemorlariga V divizion vakili bo‘lgan «Forest Green Rovers» klubi o‘yinlariga borish imkoniyatini beradi. Vins ushbu klubga 2010 yildan beri egalik qiladi.
Ofer, sobiq umumiy amaliyot shifokori, yengil yoki o‘rtacha depressiyaga chalingan odamlar uchun antidepressantlarga muqobil sifatida bunday ko‘rsatmalarni qo‘llab-quvvatladi.
«Jamiyatimizning eng katta muammolaridan biri - bu ijtimoiy yakkalanish. Qovoqxonalar unchalik mashhur emas, biz jamoat joylariga kamroq boryapmiz, katta oila bilan yashamaymiz, bu sog‘liq uchun juda zararli. <...> Futbol - bu muloqot va o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlash, ishtiyoq, kundalik hayotdan biroz chalg‘ib, boshqa hissiyotlarni boshdan kechirish imkoniyati», dedi Ofer
Tashabbus butun mavsum davomida amal qiladi va jamoaning 16 avgust kuni «Yoevil Town»ga qarshi uydagi birinchi o‘yinidan boshlanadi. Chiptalar klub tomonidan bepul taqdim etiladi.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026