Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda elektr toki urishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Erkaklar mo‘rini ko‘tarishga uringanida behosdan elektr simlariga tegib ketgan.
Foto: Getty images
Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Sheyxoncha mahallasida 2 kishi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda tuman prokuraturasi Kun.uz’ga xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 19 iyul kuni tunda sodir bo‘lgan. Sheyxoncha mahallasidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli nonvoyxona ishchilari qo‘lbola usulda yasalgan mo‘rining joyini o‘zgartirishga uringan. Ular mo‘rini yuqoriga ko‘tarishga harakat qilgan, shunda mo‘ri 3,5 metr balandlikdagi yuqori kuchlanishdagi elektr simiga tegishi oqibatida 4 nafar erkakni tok urgan. Ulardan ikki nafari tan jarohati oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafari tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanganlarning ismi-sharifi tahririyatga ma’lum.
Holat bo‘yicha halok bo‘lgan fuqarolar murdasi sud tibbiy ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan hamda shifoxonaga yotqizilganlarga sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Buxoro tumani IIB huzuridagi tergov guruhi Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
11:21 / 06.11.2025
“Kimnidir ayblamayman” – qo‘shaloq falokatdan omon qolgan yigit
13:00 / 01.11.2025