Jahon | 22:03 / 31.07.2025
3774
2 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada bankomat o‘g‘rilarining mashhur to‘dasi a’zolari hibsga olindi

Ular bankomatlarni portlatish orqali o‘marib kelgan.

Foto: AFP

Avstriya jinoyat politsiyasi mamlakatda bankomatlarni shov-shuvli ravishda talon-toroj qilishda gumonlanayotgan 14 nafar shaxs hibsga olingani haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yil boshidan buyon mamlakatda talonchilik maqsadida 26 ta bankomat portlatilgan.

Hibsga olinganlarning aksariyati kelib chiqishi marokashlik bo‘lgan Niderlandiya fuqarolaridir. Ushbu ish bo‘yicha jami 33 kishiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Avstriya va Niderlandiya politsiyasi ikkala mamlakatda ham 12 ta obektda tintuv o‘tkazdi. 16 ta skuter, 50 dan ortiq mobil telefon, 400-500 gr portlovchi modda, giyohvand moddalar, 39 ming yevro naqd pul musodara qilindi.

So‘nggi yillarda Germaniya va Avstriyada portlatish orqali bankomatlarni o‘g‘irlash keng tarqalgan hodisaga aylandi. Jinoyatchilar guruhi tunda, odatda o‘g‘irlangan avtomobilda bankomat oldiga keladi, uni portlatib, pullarni o‘maradi.

Qayd qilinishicha, Germaniyada 2022 yilda 442 ta, 2023 yilda esa 367 ta bankomat portlatilgan. O‘tgan yili Germaniya IIV bankomatlarni o‘marishda portlovchi moddalardan foydalanganlik uchun jazoni kuchaytirish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid