| “Har bir onaning içida bir ijodkor yaşaydi” Işimning menga eng köp yoqadigan jihati nazorat yöqligi. Özim uçun işlaş, özimni özim boşqariş yoqadi. Heç kim buyruq bermaydi va özim yoqtirgan uslubda işlayman, çarçaganimda esa istagan paytimda dam olaman. Bu erkinlik menga juda yoqadi, ayniqsa onalik masʼuliyatim bor bölgan bu hayot tarzimda. Qaysidir ona dekretda kattaroq iş boşlamoqçi bölsa, u buning qiyinligini boşidan bilişi kerak. Lekin yana bilişlari kerakki ular avvalgiga nisbatan ikki baravar kuçli, aqlli, energiyaga boy. Farzand onaga ana şunday kuç beradi. Har bir onaning içida bir ijodkor yaşaydi, boşida qörqinçli tuyulsa kiçik qadamlardan boşlang. Har bir qadam sizni özingizga yanada yaqinroq qiladi. Özingizni tanimoq orzularga yaqinlaşmoq demak. Zotan farzandlaringiz uçun qila oladigan eng katta yaxşiligingiz – ularning orzularidan heç qaçon voz keçmagan onasi bölişidir. |
Madina Oçilova suhbatlaşdi