Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nemis olimlari raketa yonilg‘isi o‘rnini bosadigan modda ixtiro qilishdi
Ushbu modda laboratoriyada minus 196 daraja haroratda olingan.
Gissen universitetining organik kimyo professori Peter Shrayner va uning jamoasi ilk bor geksaazot yoki N6 deb nomlanuvchi molekulani olishga muvaffaq bo‘ldi. Professor n-tv telenaliga bergan intervyusida energiyaga boy mazkur modda yangi, ekologik toza raketa yonilg‘isini olish uchun asos bo‘lishini aytdi.
Aniqlik kiritilishicha, sof holdagi yupqa plyonka laboratoriyada minus 196 daraja haroratda olingan.
“Biz Ilon Maskning metan va kislorodda ishlaydigan hamda ko‘p miqdorda karbonat angidrid ajratib chiqaradigan raketalaridan farq qiladigan, faqat havo ajratib chiqaruvchi azotda ishlaydigan raketa yaratishimiz mumkin”, - dedi Shrayner.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu moddadan raketasozlikda foydalanish uchun jiddiy tadqiqotlar va katta mablag‘ kerak bo‘ladi.
"Agar moliyalashtirish bo‘lsa va hammasi muvaffaqiyatli kechsa, 3-5 yildan so‘ng sinov raketasini qurish mumkin bo‘ladi", - dedi professor.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
08:49 / 04.06.2026
Toshkentda 40 ta zamonaviy AYoQSh qurish rejalashtirilmoqda
09:37 / 27.05.2026
Rossiya yonilg‘i eksportiga yangi cheklovlar joriy etishi mumkin
08:55 / 23.05.2026