Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Okean bo‘yidagi hayot umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishi mumkin
Shu bilan birga, daryo va ko‘llar yaqinidagi shaharlar aholisida bunday imtiyoz yo‘q.
Okean yaqinida yashash, ehtimol, uzoqroq umr ko‘rish demakdir. Bunday xulosaga Ohayo shtati universiteti tadqiqotchilari keldi. Ular 66 mingdan ortiq AQSh hududlaridagi aholining umr ko‘rish davomiyligi va yashash joylari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqdi. Xulosalar Environmental Research jurnalida chop etildi.
Mualliflar quyidagilarni aniqladi: okean yoki ko‘rfazdan 50 km masofada joylashgan qirg‘oqbo‘yi hududlari aholisining kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi AQShdagi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligidan (79 yosh) bir yil va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, daryo va ko‘llar yaqinidagi shaharlar aholisi ko‘pincha ertaroq - o‘rtacha 78 yoshda hayotdan ko‘z yumadi.
Tadqiqotning yetakchi muallifi, professor Jyeymi Vu so‘zlariga ko‘ra, yumshoq iqlim, toza havo, transport va dam olish joylaridan foydalanish imkoniyati, shuningdek, yuqori daromad darajasi qirg‘oqbo‘yi hududlarida umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shaharlarda ichki suv havzalarida, aksincha, bunday afzalliklar yo‘q - bu yerda ko‘pincha ifloslanish, qashshoqlik, suv toshqini xavfi va jismoniy mashg‘ulotlar uchun xavfsiz hududlarning yetishmasligi kuzatiladi.
Tadqiqot turli xil «moviy makonlar» - suv havzalari, daryolar, qirg‘oqlarning AQShda umr ko‘rish davomiyligiga ta’sirini birinchi keng ko‘lamli taqqoslash bo‘ldi.
Mualliflarning ta’kidlashicha: ma’lumotlar AQShda boshqa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining pasayishi davom etayotgan bir sharoitda ayniqsa muhimdir.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026