Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi
Andijon viloyatida mast holdagi erkak yosh bolani kaltaklagani tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Unda katta yoshdagi erkak dorixonada 14 yoshli bolaga tahdid qilib baqirgan va yuziga urib, yiqitgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kun.uz’ga bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
“Aniqlanishicha, 2025 yil 26 iyul kuni Andijon shahrida yashovchi (1977 yilda tug‘ilgan) fuqaro S.J. dorixonaga mast holatda kelib, u yerda bo‘lgan voyaga yetmagan (2011 yilda tug‘ilgan) M.K. bilan avval suhbatlashmoqchi bo‘lib gapirgan, so‘ng bolani xaqorat qilgan va uning yuziga kafti bilan urgan.
Holat yuzasidan Andijon shahri IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jumladan, voyaga yetmagan M.K.ga yetkazilgan tan jarohati yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda J.S.ga nisbatan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rish jarayoni ketmoqda” - deyiladi ombudsman xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-yarmida bolalar ombudsmani nomiga bolalar huquqlari yuzasidan 885 ta murojaat kelib tushgan.
Mavzuga oid
22:05 / 12.04.2026
“Endi bu yerda boshqa harakat qila olmayman”. Babayan "Andijon" bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi
22:14 / 11.04.2026
Qashqadaryo va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari sotib kelgan shaxslar ushlandi
16:19 / 10.04.2026
Navoiyda bolalarni urib, haqoratlagan tarbiyachi qamoqqa olindi
16:09 / 31.03.2026