Eng esda qolgani – qurilish kaskalariga rasm chizish boʻlgan! Yangi yil sovgʻasi sifatida shaxta texnikasi ishlab chiqaruvchi kompaniya buyurtma qilgandi. (Men faqat kiyim emas, shisha, farfor, yogʻoch, plastik, xolst va keramik oʻyinchoqlar ustida ham ishlayman). Juda qisqa vaqtda 26 ta kaskani texnikalar tasviri bilan bezatish kerak edi. Ularga “qoʻlda ishlangan” format juda muhim edi.
1000 dan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatdim. Katta brendlar uchun bu oz, lekin men bundan faxrlanaman. Men chizgan buyum va rasmlar nafaqat Oʻzbekiston boʻylab, balki xorijga ham joʻnatilgan.